BAZMX
Kirish
KAFE VA RESTORANLAR UCHUN

Mehmonlar tabrik va qo‘shiq buyuradi. Kafe daromad oladi.

Mehmon stoldagi QR kodni skanerlaydi, tabrik yozadi va DJ katalogidan qo‘shiq tanlaydi. Siz tasdiqlaysiz, mehmon kassada to‘laydi va tabrik zaldagi katta ekranga chiqadi.

Telegram orqali 2 daqiqada ulanadi. Sinov davrida shartnoma shart emas.
SEVARA
Tug‘ilgan kuning bilan! Eng go‘zal qo‘shiq sen uchun
Sardor · 5-⁠stol
BAZMX
Tabrik zaldagi ekranda shunday ko‘rinadi

Qanday ishlaydi

1
Mehmon QR kodni skanerlaydi
Har bir stolda QR yozuv, u kafe kabinetida chop etiladi. Ilova o‘rnatish shart emas, sahifa telefonda ochiladi.
2
Tabrik yozadi va qo‘shiq tanlaydi
O‘zbek yoki rus tilida. Qo‘shiq DJ katalogidan topiladi. Filtr so‘kinish, telefon raqamlari va havolalarni darhol olib tashlaydi.
3
Xodim tasdiqlaydi
Telegram-⁠botda yoki DJ pultida. Tasdiqlanmagan hech narsa ekranga chiqmaydi.
4
Mehmon to‘laydi, ekran ko‘rsatadi
Kafe kassasida, naqd yoki karta bilan: mehmon talon oladi. Pul darhol kafeda, tabrik ekranga o‘zi chiqadi.
YANGI

Katta ekranda o‘yinlar

Ekranda umumiy maydon, har bir o‘yinchida o‘z telefoni. QR orqali kiriladi, telefonga ilova o‘rnatish shart emas.

  • Kafeda: kompaniyalar va to‘ylar uchun quiz, 5 raund, g‘olib ekranda
  • Uyda: barcha o‘yinlar bepul, Android TV uchun ilova yoki bazmix.com/tv
ViktorinaDengiz jangiShashkaGomokuReversiX va OOvoz berishva boshqa ko‘plab o‘yinlar
O‘z quizingizni yarating
Rasm, audio va video bilan. Tekshiruvdan so‘ng uni kafelar ko‘radi.
Muallif bo‘lish

DJ uchun

DJ o‘z dasturida odatdagidek ijro etadi. BAZMIX yonida ishlaydi va aynan kerakli soniyada hech narsa bosishni talab qilmaydi.

  • Qo‘shiqlar katalogi VirtualDJ yoki musiqa papkasidan yuklanadi: mehmon faqat DJ’da bor qo‘shiqni buyuradi
  • Buyurtmalar VirtualDJ ustidagi kichik oynaga keladi: tabrik matni va qo‘shiq yirik harflarda
  • DJ qo‘shiqni qo‘yadi, u boshlanganidan 10 soniya o‘tib tabrik ekranga o‘zi chiqadi
  • Kecha formatiga to‘g‘ri kelmasa, DJ bitta tugma bilan javob beradi, mehmon boshqa qo‘shiq tanlaydi

Mehmonlar nima buyuradi

Narxlarni kafe kabinetida o‘zingiz belgilaysiz va istalgan vaqtda o‘zgartirasiz.

Salom
Ekranda tabrik yo‘lagi, 15 soniya.
Sahna
Butun ekranga, 20 soniya, navbatda birinchi.
Bazm
Tabrik va DJ katalogidan qo‘shiq: qo‘shiq boshlanganidan 10 soniya o‘tib ism butun ekranga chiqadi. Eng qimmati va eng ommabopi.

Kafe uchun narxi

Mehmonlar sizning kassangizda naqd yoki karta bilan to‘laydi, pul darhol kafeda. BAZMIX oyiga bir marta kabinetdagi hisobot bo‘yicha o‘z ulushiga hisob yuboradi.

Bepul boshlash
7 kun
bepul, hammasi ishlaydi
20%
tabriklar aylanmasidan
0 so‘m
ulash va pult uchun

Kafega nima kerak

Chrome’li noutbukunda pult; DJ’da yonida VirtualDJ
Televizor yoki proyektorHDMI orqali, «Kengaytirish» rejimi
Internetekran va mehmon buyurtmalari uchun
Kassamehmonlarga talon sotadi, naqd yoki karta bilan

Savollar

Mehmon odobsiz narsa yozsa-⁠chi?

Filtr so‘kinish, telefon raqamlari va havolalarni tekshiruvdan oldinoq olib tashlaydi. Keyin har bir tabrikni xodimingiz ko‘radi. Faqat tasdiqlangan tabrik uchun to‘lash mumkin.

Bizga o‘z DJ’imiz kerakmi?

Yo‘q. Musiqani kafening o‘zi qo‘yishi mumkin, ekran esa tabriklarni navbat bilan o‘zi ko‘rsatadi. Qo‘shiq buyurtmasi pultga qo‘shiqlar katalogi yuklanganda ishlaydi.

Mehmonlar pulini kim oladi?

Kafe. Mehmon sizning kassangizda naqd yoki karta bilan to‘laydi va talon oladi. BAZMIX mehmonlar puliga tegmaydi.

Sinov haftasidan keyin nima bo‘ladi?

Hech narsa o‘chmaydi. Biz kelib, kafe qancha ishlaganini ko‘rsatamiz va shartnoma tuzamiz.

Kafesiz, uyda o‘ynasa bo‘ladimi?

Ha, bepul. BAZMIX ilovasini Android TV ga o‘rnating yoki televizor brauzerida bazmix.com/tv manzilini oching. Hamma o‘z telefonidan QR orqali kiradi.